FlowCore CRM · Mijozlar va savdo

Har bir mijozning so‘rovi nazoratda — FlowCore CRM.

FlowCore CRM — mijozlar bilan ishlash va savdoni kuzatish bo‘limi. Kim nima so‘ragani, qaysi xodim javob berishi va keyin nima qilish kerakligini yozib borasiz. Telegram va Instagramdagi yozishmalarni tegishli hisoblarni ulab bir joyda ko‘rish mumkin.

Bu bo‘lim nima qiladi?

Mijozlarni bir joyda saqlang

Mijozning nomi, telefon raqami, so‘rovi va savdo summasini yozing. Mijoz qayerdan kelganini va kim unga javob berishini belgilang. Kerakli mijozni nomi bilan qidiring.

Savdo qanday ketayotganini biling

Yangi so‘rov, suhbat, taklif va kelishuv kabi ish bosqichlarini kuzating. Har bir mijoz bo‘yicha keyingi qadamni biling va javobsiz qolgan so‘rovlarni toping.

Telegram va Instagramni ulang

Telegram bot va mos Instagram hisobini alohida ulaysiz. Ruxsat berilgan hisoblarning xabarlari umumiy oynaga keladi. Xabar olish va yuborish uchun internet kerak.

Qo‘ng‘iroq va uchrashuvni unutmang

Mijoz bilan keyingi qo‘ng‘iroq, uchrashuv yoki boshqa vazifani belgilang. Har bir xodim o‘ziga tegishli bugungi ishlarni ko‘radi.

Oddiy misolda ko‘ramiz.

Mijoz Telegramdan 300 ta ko‘ylak narxini so‘radi. Xodim mijozning so‘rovini yozib, unga javob beradi va ertaga taklif yuborish vazifasini belgilaydi.

Savdo holati o‘zgarganda ma’lumot shu mijozning yozuvida qoladi. Rahbar kim javobgar ekanini va qaysi ish hali bajarilmaganini ko‘radi.

Kimlar uchun foydali?

Ko‘p so‘raladigan savollar.

CRM nima qiladi?

CRM — mijozlar bilan ishlash dasturi. Kim nima so‘ragani, kim javob berishi va savdo qanday ketayotganini bir joyda ko‘rsatadi.

Telegram va Instagram darhol ishlaydimi?

Avval tegishli hisoblar ulanadi va zarur ruxsatlar beriladi. Telegram uchun bot, Instagram uchun mos professional hisob kerak. Ulanishni suhbatda tushuntiramiz.

FlowCore CRM’ni alohida tanlash mumkinmi?

Ha. Mijozlar bo‘limini kerakli boshqa bo‘limlar bilan yoki alohida tanlaysiz. Narx jamoa va tanlangan imkoniyatlarga qarab kelishiladi.

Ishingizga mos kelishini birga ko‘ramiz.

FlowCore o‘zbek tilida ishlaydi. Dasturdan internet orqali yoki kompyuterga o‘rnatib foydalanish mumkin. Narx kerakli bo‘limlar, jamoa va foydalanish turiga qarab kelishiladi. Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanib, ishingizga mos imkoniyatlarni ko‘rsatamiz.

So‘rov qoldirish