Kirim va chiqimni yozing
Yangi kelgan mahsulotni omborga kiriting. Sotilgan, ishlatilgan yoki hisobdan chiqarilgan mahsulotni qayd eting. Har bir o‘zgarishdan keyin qoldiqni tekshiring.
FlowCore WMS · Ombor hisobi
FlowCore WMS — ombor hisobini yuritish dasturi. Nima keldi, nima chiqdi, qancha mahsulot qoldi va u qaysi omborda turibdi — barchasini ro‘yxatdan ko‘rasiz. Xomashyo va tayyor mahsulotni bir-biridan ajratib hisobga oling.
Yangi kelgan mahsulotni omborga kiriting. Sotilgan, ishlatilgan yoki hisobdan chiqarilgan mahsulotni qayd eting. Har bir o‘zgarishdan keyin qoldiqni tekshiring.
Asosiy ombor, do‘kon va boshqa saqlash joylarini alohida belgilang. Mahsulotni bir ombordan boshqasiga o‘tkazing va qayerda qancha qolgani haqida ma’lumot oling.
Mahsulot uchun rang, o‘lcham, nav yoki boshqa kerakli maydonlarni qo‘shing. Bir mahsulotga qancha xomashyo sarflanishini ham belgilash mumkin.
Qoldiq yetmasa, mahsulotni chiqarish to‘xtatiladi. Ombordagi haqiqiy miqdorni sanab, hisobdagi yozuvlar bilan solishtiring va kerakli xaridni rejalashtiring.
Omborga 500 metr oq mato keldi. Uni asosiy omborga kirim qilasiz. Ishlab chiqarish uchun 125 metr berilganda hisobda 375 metr qoladi.
Keyingi buyurtmaga mato yetishini qoldiqdan ko‘rasiz. Tayyor bo‘lgan ko‘ylaklarni esa boshqa ombor yoki tayyor mahsulot ro‘yxatiga kiritasiz.
WMS — omborni boshqarish dasturining qisqa nomi. FlowCore’da kirim, chiqim, qoldiq va omborlar orasidagi ko‘chirishni yuritasiz.
Ha. Mahsulot kartochkasiga ishingiz uchun kerakli maydonlarni, masalan rang, o‘lcham yoki navni qo‘shishingiz mumkin.
Ha. Faqat ombor hisobi bilan boshlashingiz va boshqa bo‘limlarni keyin qo‘shishingiz mumkin.
FlowCore o‘zbek tilida ishlaydi. Dasturdan internet orqali yoki kompyuterga o‘rnatib foydalanish mumkin. Narx kerakli bo‘limlar, jamoa va foydalanish turiga qarab kelishiladi. Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanib, ishingizga mos imkoniyatlarni ko‘rsatamiz.
So‘rov qoldirish